logo

Institut Yangiliklari

Toshkent davlat stomatologiya institutida 2022 yil 12 mayda “Ta’lim jarayonida innovatsion usullarni qo‘llash va pedagogik mahorat” mavzusidagi o‘quv-metodik seminar o‘tkazildi.

Seminarda Toshkent davlat stomatologiya instituti professor-o‘qituvchilari hamda Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumlari direktorlari, o‘quv ishlariga mas’ullar, pedagoglar qatnashdilar.  Seminar TDSI rektori, professor N.K.Xaydarovning kirish so‘zi bilan ochildi. TDSI rektori texnikum va oliy ta’lim muassasalarining hamkorligini mustahkamlash kelajakda bilimli yoshlarni tarbiyalash va o‘z ishining mutaxassislarini tayyorlashda asosiy o‘rin tutishi to‘g‘risida fikir bildirdi. Shuningdek institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor  S.R.Baymakov institut va texnikumlar o‘rtasidagi hamkorlik ishlarini tashkil etish va shu kungacha olib borilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Seminar davomida TDSIga biriktirilgan Abu Ali ibn Sino nomidaga  texnikum direktorlari K.G‘.Abduraximova (Chilonzor) G.G.Kamalova (Chortoq) so‘zga chiqib ularda tashkil etilgan sharoitlar to‘g‘risida ma’lumot berdilar.

Seminar davomida Zamonaviy o‘quv adabiyotlarini yaratish   (N.R.Yangiyeva.), Ta’lim jarayonida innovatsion usullarni qo‘llash va pedagogik mahorat (ma’ruzachi:  F.B.Nurmatova, Sh.H.Abduganiyeva., Ta’lim jarayonida elektron platformalardan foydalanish imkoniyatlari (L.Fozilova), Tibbiyot akademik litseylarida fundamental fanlarni kasbiy ta’lim asosida o‘qitish   (ma’ruzachi:  D.Z.Xodjayeva) tomonidan ma’ruzalar o‘qildi.

Seminarning ikkinchi qismida texnikum direktorlari institut kafedralari, ARM hamda simulyatsion markaz faoliyati bilan tanishdilar. Seminar ishtirokchilarning fikr mulohazalari o‘rtaga tashlanib, tajriba almashinildi.