logo

Xorijiy fuqarolarga

Imtihon natijalari

Xorijiy fuqarolardan TDSI kirish imtihonlariga qabul qilish uchun talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati

1. TDSI rektori nomiga ariza rangli PDF formatda (ariza namunasi yozma ravishda to’ldiriladi va PDF formatda ugiriladi);

2. O’rganilgan fanlar va imtihonlarda olingan baholari (ballari) ko’rsatilgan ma’lumotnoma asl nushasi (attestat, diplom), notarius tomonidan rus yoki o’zbek tilida tasdiqlangan rangli PDF formatda (ma’lumotnoma rus yoki o’zbek tilida bo’lsa notarial tasdiqlash talab qilinmaydi);

3. Sog’lig’i holati to’g’risidagi tibbiy ma’lumotnoma, MDH mamlakatlari uchun 086U-sonli tibbiy ma’lumotnoma, shuningdek, O’zbekiston Respublikasining OITSga qarshi kurash markazining yoki yashash joyidan tibbiy ma’lumotnoma rangli PDF formatda;

4. Pasport (amaldagi vizasi bilan) yoki tug’ilganlik to’g’risidagi guvohnoma rangli PDF formatda;

5. Fotosurat 4 x 6 o’lcham JPEG formatda.

Shakillantirilgan rangli PDF ma’lumotlar va fotosurat quydagicha alohida nomlanadi:

Ariza

Diplom yoki attestat

Tibbiy ma’lumotnoma va OITS

Pasport

Fotosurat

va yagona ZIP yoki RAR formatda abiturient ismi, sharifi va ta’lim yo’nalishi ko’rsatilgan holda qabul_2021tsdi@mail.ru elektron  manzilga yuboriladi.

 

Xorijiy fuqaro (abiturient) ko’rsatilgan elektron  manzilga ma’lumotlarni yuborgandan so’ng 2 ish kuni mobaynida TDSI qabul hayati tomonidan o’rganib chiqiladi va hujjatlarning to’liq va tog’ri yoki kamchiliklari tog’risida xabar yuboriladi.

 

Xorijiy fuqaro (abiturient) ko’rsatilgan elektron  manzilga yuborgan ma’lumotlar to’liq va tog’ri bo’lgan abiturientga ro’yxat raqami (registratsiya raqami) beriladi.

 

Ro’yxatdan o’tgan xorijiy fuqaro (abiturient)larga  keyingi bosqichlardagi ma’lumotlar xorijiy fuqaro (abiturient) ma’lumot yuklagan elektron  manzil orqali xabar  qilinadi.

 

Bir o’quv yili uchun o’qish narxlar (2020/2021 o’quv yili uchun):

 

Bakalavriat: yashash uchun ruxsatnomasiz chet el fuqarolari uchun – 39 426 300 so’m;

 

Yashash huquqiga ega xorijiy fuqarolar uchun – 21 027 360 so’m;

 

Qo’shimcha ma’lumot uchun Call-markazga murojaat qiling:

 

+99899 3662355
+99899 9772355
+99899 8662355
+99899 8552355
+99899 3002355

logo

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Toshkent davlat stomatologiya instituti saytiga havola ko'rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, web sayt ma'murini xabardor qilish uchun biz bilan bog'lanishingizni so'raymiz

a