logo

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Institutda ma’naviy-ma’rifiy ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasining Qaror va Farmonlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘iqni saqlash vazirligi hamda TDSI rektorining ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha buyruq va farmoyishlari asos qilingan  reja asosida amalga oshiriladi.

-       Belgilangan me’yorlarga ko‘ra, ma’naviy va ma’rifiy ishlar quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:

-       talaba-yoshlar orasida milliy istiqlol g‘oyasiga sodiqlik, o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarga sodiq bo‘lish, milliy immunitetni mustahkamlash;

-       talaba-yoshlarning ongiga xavf soladigan axborot xurujlarini oldini olish, Internet va boshqa axborot resurslaridan foydalanish madaniyatini shakllantirish;

-       institutda sog‘lom ma’naviy-ma’rifiy muhitni shakllantirish;

-       talaba-yoshlarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida  sog‘lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish;

-       talaba-yoshlarda mutolaa madaniyati va kitoblarga mehr va hurmat hissini rivojlantirish;

-       talabalar o‘rtasida sport turlarini keng ommalashtirish.

 

2022-yil davomida Institutda Ichki ishlar idoralari, Toshkent shahri va Yashnobod tuman prokuraturasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, va boshqa qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Jinoyatchilik va huquqbuzarliklar, o‘z joniga qasd, giyohvandlik, OITS, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash, madaniy-ma’rifiy, huquqiy-targ‘ibot, sport yo‘nalishlarida 140 dan ortiq tadbirlar, seminarlar, ochiq muloqot va davra suhbatlari tashkil etildi. O‘tkazilgan tadbirlar to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, ma’lumot ko‘rinishida veb saytga joylashtirib borilgan.

 Ular quyidagicha:

-       Jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan 8 marotaba,

-       Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 7 marotaba,

-       Odam savdosiga qarshi kurashish bo‘yicha 6 marotaba,

-       Huquqiy savodxonlik bo‘yicha 11 marotaba,

-       Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha 9 marotaba,

-       OITS va Giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha 5 marotaba,

-       Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo‘yicha 12 marotaba,

-       Bayram va muhim tarixiy sanalarga bag‘ishlab 26 martotaba,

-       Sport yo‘nalishida 18 marotaba,

-       Ko‘rik-tanlov va musobaqalar 31 marotaba,

-       Boshqa mavzularda 14 marotaba tadbirlar tashkil etildi.

Bundan tashqari “Axborot va murabbiylik soati” mashg‘ulotlarida ham mazkur yo‘nalishlarda suhbatlar olib borilmoqda.

Talabalarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish,  darslardan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sport va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish bo‘yicha o‘tkazilayotgan  barcha tadbirlarning aksariyati 5 ta muhim tashabbus hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maxallalarda yoshlar bilan tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tugrisida” 2022-yil
19-yanvardagi PQ-92-son qarori doirasidan kelib chiqqan holda tashkil etilmoqda.

Jumladan:

-  Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

-  Institut tomonidan ushbu tashabbusni amalga oshirish maqsadida
321-xona va Talabalar turar joyida musiqa, rassomlik va san’atning boshqa turlari bo‘yicha to‘garaklar tashkil etilgan. Ushbu to‘garaklarga 35 nafar talabalar jalb qilingan, shuningdek, tnstitutda “Shifo” talabalar teatr studiyasi tashkil etilib, faoliyatini olib bormoqda.

Shuningdek, talabalarning darslardan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida, Toshkent shahrida joylashgan madaniyat muassasalari (Satira teatri, Muqumiy teatri, O‘zbekiston davlat drama teatri, Alisher navoiy nomidagi kinosaroy, Qatag‘on qurbonlari davlat muzeyi, G‘alaba bog‘i, Sog‘liqni saqlash muzeyi)ga tashriflar uyushtirildi (Qamrov  1800 nafar).

Bundan tashqari institut Talabalar turar joyida ham Yoshlar bilan ishlash, ma’anaviyat va ma’rifat bo‘limi, Institut Yoshlar ittifoqi, “Student Union” talabalar kengashi hamkorligida Karaoke, institutda tashkil etilgan “Shifo” talabalar teatr studiyasining teatr tomoshalari hamda Kinotaqdimotlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.

-  Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.

-  Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar maqsadida institut Medik-sport majmuasida 6 ta to‘garak tashkil etilgan.

-         mini-futbol – 120 nafar ishtirokchi

-         sheyping – 20 nafar ishtirokchi

-         og‘ir atletika - 20 nafar ishtirokchi

-         stol tennisi – 55 nafar ishtirokchi

-         voleybol – 24 nafar ishtirokchi

-         shaxmat – 26 nafar ishtirokchi

Talabalar orsida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ularning sportga keng jalb qilish maqsadida ishlab chiqilgan reja-jadvallar asosida qator sport tadbirlari o‘tkazildi, Jumladan: Mini futbol, Stol tennisi, Shaxmat, Ayollar o‘rtasida estafeta musobaqlari uyuushtirilib, ularga 600 nafar talabalar jalb qilindi.

Shuningdek, Talabalar turar joyida ham sport yo‘nalishlaridagi to‘garaklar faoliyat olib bormoqda.

-  Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

-  Talabalar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish maqsadida institut Semulatsion markazining
3-xonasida 2 ta to‘garak tashkil tilgan. Ushbu to‘garaklardagi a’zolar soni
32 nafarni tashkil etadi.

-  Ushbu tashabbu bo‘yicha institut talabalari o‘rtasida 2 marotaba kibersport musobaqalari o‘tkazildi.

-  To‘rtinchi tashabbus yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

-  Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha institut Semulatsion markazi joylashgan kutubxonada 4-xona va Talabalar turar joyida to‘garak xonasi tashkil etilgan. Shuningdek, institutning barcha talabalarini Alisher navoiy nomidagi Milliy kutubxonaga 1-3 kurs talabalari a’zo qilingan.

-  Shu bilan birga institut hududida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Axborot-resurs markazi hamkorligida kitob savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarni jalb qilgan holda 3 marotaba kitob yarmarkasi tashkil etildi, Institut kutubxonasida va TTJda 6 marotaba kitobxonlik tadbirlari o‘tkazildi.

Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.

Beshinchi tashabbus ijrosi bo‘yicha institut Semulatsion markazi joylashgan kutubxona (4-xona)da “Furnituradan  kandek yasash, milliy taqinchoqlar” to‘garagi faoliyat olib bormoqda. Talabalar turar joyida ham tikuvchilik to‘garagi tashkil etilgan.To‘garaklarga  50 nafar qizlar a’zo bo‘lgan.

Iqtidorli talabalarda ilmiy ko‘nikmalarni rivojlantirib borish maqsadida kafedralarda talabalar ilmiy jamiyatlari va 46 ta fan to‘garaklari, “Quvnoqlar va zukkolar”, “Talabalar teatr studiyalari”, “Zakovat” интеллектуал жамоалари faoliyati olib bormoqda.

Muhtaram Prezidentimiz raisligida joriy yilning 4-mart kuni “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash chora-tadbirlari”, yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish yuzasidan bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ham talabalar ijtimoiy sharoitini yaxshilash va bandligini ta’minlash borasida aniq vazifalar belgilab berildi.

Mazkur videoselektorda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan institut, prokuratura, tuman Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi hamkorligida tumanda joylashgan tashkilot va muassasalar, tadbirkorlik subyektlari hamda xususiy tibbiyot muassalarini jalb qilgan holda muntazam ravishda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkalari tashkil etilib, Ushbu mehnat yarmarkalari doirasida 120 nafar talabalar ish o‘rinlari bilan ta’minlandi. (Ularning 15 nafari ijtimoiy himoyaga muhtoj va 1 nafari nogironligi bor talabadir)

Bunda asosiy e’tibor ehtiyojmand, kam ta’minlangan oila farzandlari, temir daftarga kiritilgan oila farzandlariga qaratilmoqda. Bundan tashqari “1+1” aksiyasi doirasida shifokorlikka o‘rgatish va ko‘nikma hosil qilish maqsadida talabalar institut klinikasiga malakali shifokorlarga shogirdlikka biriktirildi.

 

logo

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Toshkent davlat stomatologiya instituti saytiga havola ko'rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, web sayt ma'murini xabardor qilish uchun biz bilan bog'lanishingizni so'raymiz