logo

O‘qishni ko‘chirish tartibi

1️⃣ Respublika davlat oliy ta’lim muassasalariaro o‘qishni ko‘chirishga (ichki “perevod”) 2 ta uzrli sababga asosan ruxsat beriladi:

➖ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;

➖ davlat xizmatchisi ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda (tegishli vazirlik/idora rahbarining tavsiyasi asosida).

❌ Boshqa holatlarda “ichki perevod”ga ruxsat berilmaydi.

2️⃣ Xorijiy davlatlardagi OTMdan o‘qishni ko‘chirishda (tashqi “perevod”):

➖ mos va turdosh ta’lim yo‘nalishiga talabadan alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar, boshqa ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlari natijasida o‘tish balini to‘plash talab etiladi. Bunda kasbiy (ijodiy) imtihonlar tegishli OTM, test sinovlari esa DTM tomonidan o‘tkaziladi.

➖ o‘tish balidan past ball to‘plagan talabalarga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi.

❌ mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishlariga ko‘chirishga ruxsat etilmaydi.

3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan o‘qishni ko‘chirish xorijiy OTMdan o‘qishni ko‘chirish tartibi kabi tashkil etiladi.

mos va turdosh bo‘lmagan ta’lim yo‘nalishiga tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi uchun belgilangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt)ni bir martalik to‘lov asosida ko‘chirishi mumkin.

Arizalar quyidagi elektron platformalar orqali qabul qilinadi:

➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;

➡️ my.dtm.uz — xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan.

🔚 Hujjatlar qabuli 5-avgustga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Kerakli hujjatlar:
◾️ ariza (onlayn tarzda)
◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli)
◾️ akademik ma’lumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).