logo

Xalqaro faoliyat

 

Toshkent Davlat stomatologiya institutining xalqaro faoliyati

 

Toshkent davlat stomatologiya institutida joriy yilda rektor, prorektorlar va boshqarma boshliqlari, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari va professor-o`qtivchlari 15 dan ortiq xorij davlatlarida bo`lib qaytdilar. Jumladan Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya, Qozog`iston, Polsha, Rossiya, Tojikiston, Turkiya, Finlandiya, Fransiya, Yaponiya davlatlarida malaka oshirish, ilmiy-amaliy konferensiya, seminar, simpoizumlarda, turli loyihalar doirasidagi yig`ilishlarda ishtirok etdilar.

Bundan tashqari institutimiz 40 dan oshiq talaba, magistr, tayanch doktorantlari ham joriy yilda Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya, Qozog`iston, Tojikiston, Turkiya davlatlarida uzoq va qisqa muddatli malaka oshirishlarda, olimpiada, tanlov, konkurlarda ishtirok etishdi.

Hozirgi kunda Toshkent Davlat stomatologiya instituti dunyoning turli davlatlari universitetlari, institutlari, tibbiy muassasalari va xususiy firmalari bilan jami 110 dan ortiq kelishuv va memarandumlarga ega.

2022 yil yanvar- sentabr oylarida institutimizda AQSH, Belorus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, Janubiy Koreya, Italiya, Qozog’iston, Misr, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Shveytsariya, Shri-Lanka kabi davlatlaridan 38 ta delegatsiyalar rasmiy tashrif buyurdilar va master-klass, ma’ruza, forum, kongresslarda aktiv ishtirok etishdi.

 

 

 

 

 

logo

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Toshkent davlat stomatologiya instituti saytiga havola ko'rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, web sayt ma'murini xabardor qilish uchun biz bilan bog'lanishingizni so'raymiz