O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi
-
"O'zbekiston Respublikasining davlat madhiyasi to'g'risida"gi Qonun 1992-yil 10-dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o'n birinchi sessiyasida qabul qilingan
-
Abdulla Oripov so'zi
Mutal Burhonov musiqasi
-
Serquyosh hur o'lkam, elga baxt, najot,
Sen o'zing do'stlarga yo'ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
* * *
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
* * *
Bag'ri keng o'zbekning o'chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo'r qanot!
Istiqlol mash'ali tinchlik posboni,
Xaqsevar, ona yurt, mangu bo'l obod!
* * *
Oltin bu vodiylar - jon O'zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!