Institute News

Toshkent davlat Stomatologiya institutida qishki ta’til davrida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida "Shaxsiy rivojlanish va o‘zlikni anglash" mavzusida onlayn suxbat tashkil etildi

2022-yilning 12-yanvar kuni Toshkent davlat stomatologiya institutida qishki ta’til davrida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida Institut psixologi E.Safarova tomonidan "Shaxsiy rivojlanish va o‘zlikni anglash" mavzusida onlayn suxbat tashkil etildi. Uchrashuv davomida talabalarga shaxs, o‘zlikni anglash, frustrasiya, ijtimoiylashuv, qiziqish hamda shaxsiy qadriyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. SHAXS – ijtimoiylashuv va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliyatning subyekti bo‘lmish individdir. Shaxsga eng muhim tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham obyekt, ham subyekt bo‘lishlikdir. Shu bilan birga o‘zining qadr-qimmati va nuqsonlari bilan ijtimoiy turmushda faol ishtirok qilishi, ta’lim va tarbiya yordamida yuzaga kelgan o‘zining kuchli va kuchsiz jihatlari bilan yaqqol namoyon bo‘luvchi betakror oliy zotdir. Suhbat davomida talabalar bilan ochiq muloqot olib borilib ular bilan bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishda tavsiyalar berildi. Bu kabi uchrashuvlar qishki ta’til rejasiga muofiq o‘tkazilmoqda.


2022-02-01 09:25:44 print