logo

Institut Yangiliklari

Qish mavsumiga tayyorgarlik

Sovuq, qish-qirovli kunlar boshlansa, hamma muassasa va ob’ektlarda isitish tizimlari ishga tushiriladi va issiqlik ta’minoti ob’ektlari va uskunalarining katta bosim bilan ishlashiga to‘g‘ri keladi. Agar mazkur tizimlarda biror muammo va kamchilik bo‘lsa, bu muammolar ortidan yana boshqa ko‘plab muammolar, tashvishli holatlar yuzaga kelishi turgan gap. Bu borada hayotimizda ko‘plab voqealarni ko‘rganmiz, eshitganmiz. Uylarida yoxud ijtimoiy soha ob’ektlarida is gazi, yong’indan, issiqlik tizimlari bilan bog‘liq turli avariyalar, qolaversa, ko‘p qavatli uylarning tom qismlaridan chakki o‘tish hollari hammamizga tanish manzaralar. Bu kabi muammolarga duch kelmaslik uchun ayni kunlarda yanada tayyorgarlikni puxta qilish talab etiladi.

Shu munosabat bilan, Toshkent davlat stomatologiya institutining 6-maruzalar zalida joriy yil 18-noyabr kuni soat 11:00da O’zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti o’qituvchisi M.X.Tinibekov tomonidan “Kuz-qish mavsumida sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulotda vaziyatlar va ularning oldini olish” mavzusida institut FM va MM bo’limi, FV va FM bo’yicha muhandislar, Bosh muhandisi,Yong’in hafsizligi bo’yicha instruktor, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Texnik foydalanish va xo‘jalik bo’limi xodimlari va JSSSBJM kafedrasi o’qituvchilari hamda talaba-yoshlari ishtirokida davra suhbati bo’lib o’tdi. Unda talaba va xodimlar mavzu bo’yicha berilgan savollariga mutaxassis tomonidan javob berildi.

 


2022-11-21 12:20:24 chop etish

logo

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Toshkent davlat stomatologiya instituti saytiga havola ko'rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, web sayt ma'murini xabardor qilish uchun biz bilan bog'lanishingizni so'raymiz