logo

Institut Yangiliklari

“Dunyo uzra jaranglayotgan til, inson taraqqiyotining tayanchi”

Toshkent davlat stomatologiya institutida joriy yilning 20-oktabr kuni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, O’zbek tili va pedogogika kafedrasi, Axborot-resurs markazi, Lotin tili va xorijiy tillar kafedrasi hamkorligida O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun bayrami munosabati bilan “Dunyo uzra jaranglayotgan til, inson taraqqiyotining tayanchi” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi. Bayram institut rahbar-xodimlari, professor o’qituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida o'tdi.

Tadbirda mehmon sifatida O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, filologiya fanlari nomzodi, Respublika “Oltin qalam” mukofoti sovrindori D.Rajabov hamda Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi  M.Raxmonovlar taklif etilib, ular tomonidan  o’zbek tilining davlatchilik tariximizdagi ahamiyati haqida ma’ruzalari tinglandi.

Bayram tadbirida institutning faol va iqtidorli talabalari Suyunov Raxmatillo, Rustamova Zuxra,  Eshboyev Temur, Jumayev Islombek, To’lagenov Sunnatillo hamda Mamasodiqova Zilolalar tomonidan g’azalxonlik va sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

Shuningdek, tadbir davomida Xalqimizning yosh estrada xonandasi Sardor Shukurov tomonidan vatanni madh etuvchi kuy-qo’shiqlar ijro etildi.

 


2022-10-22 04:35:35 chop etish

logo

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Toshkent davlat stomatologiya instituti saytiga havola ko'rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, web sayt ma'murini xabardor qilish uchun biz bilan bog'lanishingizni so'raymiz