logo

Institut Yangiliklari

Talabalar turar joylarini o'rganish davom etadi!

️ Bir necha kundan buyon Vazirlik huzuridagi Talaba va oʻquvchilarning maʼnaviy yuksalishiga koʻmaklashish markazi xodimlari talaba-yoshlarning yotoqxonalarga joylashish jarayonlari va ularga yaratilgan sharoitlarni o'rganish maqsadida oliygohlarning talabalar turar joylariga tashrif buyurishmoqda.

 

️ Kecha, 14-sentabr kuni ham markaz mutasaddilari Toshkent davlat stomatologiya instituti hamda Toshkent arxitektura-qurilish institutlari TTJlariga borib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni o'rganishdi. Bundan tashqari talabalarning o'zi bilan ham suhbatlashishdi, ularga badiiy kitoblar hadya qilishdi. Yotoqxonadagi oshxona, kir yuvish xonasi, kompyuter xonalarini ko'zdan kechirdilar. Bu kabi talabalar turar joylarini o'rganish ishlari davom etadi.

 

Hurmatli talabalar siz yashayotgan TTJda sharoitlar qanday? Kommentlarda fikrlaringizni yozib qoldiring.

 

 


2022-09-15 10:44:52 chop etish

logo

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Toshkent davlat stomatologiya instituti saytiga havola ko'rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, web sayt ma'murini xabardor qilish uchun biz bilan bog'lanishingizni so'raymiz