logo

Institut Yangiliklari

Ertadan test sinovlari boshlanadi. Testga kirish uchun qanday hujjat olib borish kerak?

«Abituriyent ruxsatnomasi» hamda shaxsni tasdiqlovchi hujjat bo‘lsa kifoya.

 

Abituriyentlar test sinovlariga quyidagi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bilan kirishlari mumkin:

 

1. Biometrik pasport (yashil rangli);

2. ID-karta;

3. Xorijga chiqish pasporti (qizil rangli);

4. harbiy xizmatchilar uchun harbiy guvohnoma (harbiyda ishlamaydiganlar uchun o‘tmaydi).

 

Ushbu hujjatlarning istalgan biri bilan test sinovlariga kelishingiz mumkin. Hujjat bilan birga abituriyent ruxsatnomasini ham olishni unutmang.


2022-08-08 04:05:22 chop etish

logo

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Toshkent davlat stomatologiya instituti saytiga havola ko'rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, web sayt ma'murini xabardor qilish uchun biz bilan bog'lanishingizni so'raymiz