logo

Institut Yangiliklari

Harakatlar strategiyasi bilan 5 yil

2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinishi va uning samarali ijro etilishi ortidan islohotlarning yuqori natijalariga erishildi. Unga ko‘ra, barcha sohalardagi rivojlanish, avvalo aholining turmush darajasi va sifatini oshirishga qaratilgani bilan yangi bosqichga oʻtdi. Joriy yil boshida Harakatlar strategiyasining uzviy davomi oʻlaroq, mamlakat kelajagi bilan bogʻliq boʻlgan muhim hujjat — 2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi (https://drive.google.com/file/d/151JZVVXX3LubMjauNX8d1UY4KvuNdKoz/view) qabul qilindiEʼtiboringizga "Taraqqiyot strategiyasi" markazi tomonidan tayyorlangan "Harakatlar strategiyasi bilan 5 yil" (https://drive.google.com/file/d/1tqEFPQ7wNdpNppcsJdRDz6k6YpquHPeI/view?usp=drivesdk) va "Harakatlar strategiyasi bilan 5 yil va istiqboldagi maqsadlar" (https://drive.google.com/file/d/1gAhUmD-llp5J_sJbmjFPNDEm5aI0c7pi/view?usp=drivesdk) nomli risolalar havola etilmoqda. Ularda yuqorida keltirilgan hujjatlar doirasida amalga oshirilgan va istiqbolda rejalashtirilgan eng muhim islohotlar imkon qadar qisqa satrlarda bayon etilgan.

 


2022-07-27 10:38:19 chop etish

logo

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Toshkent davlat stomatologiya instituti saytiga havola ko'rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, web sayt ma'murini xabardor qilish uchun biz bilan bog'lanishingizni so'raymiz

a