logo

Talabalar turar joyi

Toshkent davlat stomatologiya institutida hozirgi kunda Yashnobod tumani S.Mashhadiy ko’chasi 217-uyda joylashgan 140 o’rinli hamda Mirzo Ulug‘bek tumani, Qorsu-1 mavzesi, Mingbuloq ko‘chasi 1-B-uyda joylashgan 400 o’rinli jami  2 ta Talabalar turar joyi mavjud.

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tavsiyasi asosida Toshkent davlat stomatologiya institutining 2022-yil 23-avgustdagi  buyrug’i tasdiqlangan bo’lib, talabalarni turar joyga joylashtirish mazkur buyruq bilan tasdiqlangan namunaviy me’zonlar asosida amalga oshiriladi.

Talabalar turar joyiga talabalarni joylashtirish tegishli me’zonga asosan birinchi  navbatda ta’labaning ijtimoiy holati inobatga olingan holda fakultet dekanining tavsiyasiga asosan institut Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori tomonidan taqdim etilgan Ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.  

Turar joy uchun talabalalar fakultet dekanati va Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga kelib murojaat qilishlari mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot uchun tel: 71-289-40-32

logo

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Toshkent davlat stomatologiya instituti saytiga havola ko'rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, web sayt ma'murini xabardor qilish uchun biz bilan bog'lanishingizni so'raymiz