Klinik ordinaturaga qabul uchun hujjatlar ro'yxati
Toshkent davlat stomatologiya institutiga 2021-2022 o`quv yili uchun klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul qilish uchun HUJJATLAR RO`YXATI
HUJJAT TURI | IZOH |
1. Rektor nomiga ariza (namuna bo`yicha); | Arizani namuna bo`yicha to`ldiring, imzolang va ikki tomonini skaner qilib PDF shaklga yuboring. |
2. Oliy ma`lumot to`g`risidagi hujjat va ilova (davlat grantida taxsil olganlar uchun diplomdan ko`chirma); | Diplomni va ilovaning barcha betlarini rangli skaner qilib yagona PDF fayl shaklida yuboring. |
3. Pasport (fotosuratli va ro`yxatdan o`tgan betlar); | Kerakli betlarni rangli skaner qilib yagona PDF fayl shaklida yuboring. |
4. 086 – U shakldagi tibbiy ma`lumotnoma; | Ma`lumotnomani ikki tomonini rangli skaner qilib yagona PDF fayl shaklida yuboring. |
5. Fotosurat 1 dona, 10х15 sm. | «Hujjatlar uchun» ko`rinishdagi rangli fotosurat, JPG formatda, sifati 300 DPI. |
6. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq o’qishga kirishda imtiyoz beruvchi hujjat. | Hujjat rangli skaner qilib yagona PDF fayl shaklida yuboring. |
Fayllar nomlarini o`z ism va familiyangiz + hujjat turidan foydalangan holda nomlang.
Masalan: Olimov_Olim_ariza.pdf; Olimov_Olim_diplom.pdf.
Fotosurat uchun: Olimov_Olim_foto.jpg
Barcha hujjatlarni yagona ZIP papkaga jamlanib, ordinatura.qabul2021@mail.ru elektron manziliga yuborilishi lozim.
Hujjatlarni qabul qilish 10 sentyabr Toshkent vaqti bilan 18:00 ga qadar davom etadi
Hujjatlarni to`g`ri topshirilgan taqdirda Sizning elektron pochtangizga “Tasdiqlash xati” yuboriladi.
“Tasdiqlash xati”da Sizga shaxsiy raqam (ID) yuboriladi. Hamda, kirish imtixonlari sanasi, vaqti va o`tkazilish joyi ko`rsatiladi.
Qo`shimcha ma`lumot uchuninstitutrasmiy web saytiga www.tsdi.uz yoki qabul komissiya CALL – markaziga murojaat qilishingiz mumkin.