Toshkent davlat stomatologiya instituti litseyi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 26 sentyabrdagi “Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlarni maqsadli tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3290-sonli qarori asosida tashkil etilgan. Ta’lim muassasasining asosiy faoliyati Respublika umumta’lim maktablarining eng iqtidorli, fundamental bilimga ega bo‘lgan 9-sinf bitiruvchilarini qamrab olib, oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun maqsadli tayyorlashdan iborat. Akademik litsey quvvati 400 o‘rinli, tabiiy yo‘nalishda faoliyat yuritadi. O‘qish muddati 2 yil.
Akademik litseyning moddiy-texnika bazasi zamonaviy multimediya va kompyuter texnikalari va o‘quv-laboratoriya jihozlari bilan jihozlangan. Ta’lim muassasasida 22 ta o‘quv xonasi, sport zali, ochiq sport maydoni, 2 ta kompyuter xonasi (28 dona kompyuter bilan ta’minlangan), 5 ta laboratoriya xonasi mavjud.
Ta’lim muassasasida yuqori malakaga ega bo‘lgan fan nomzodlari, bosh va etakchi o‘qituvchilar ta’lim sohasida faoliyat yuritadilar.
![]() | Mirahimova Shaxnoza Abduvoxidovna Akademik litsey direktori |
![]() | Yusupova Fotima Mirakramovna O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari |
![]() | Xayrullaxodjaeva Feruza Batirovna Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari |
Recent Comments