Toshkent davlat stomatologiya instituti hamda O‘zbekiston Milliy gvardiyasi qo‘mondonligi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi hamkorligida joriy yilning 13 yanvar kuni institutda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi va 14 yanvar- Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirni institut rektori, tibbiyot fanlari doktori, professor Xaydarov Nodir Qodirovich va Milliy gvardiya ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi boshlig‘i, polkovnik, professor Dadaboev Xomidjon Vosijonovichlar kirish so‘zi bilan ochishib, barcha yig‘ilgan qatnashchilarni davlatchiligimiz suvirenteti uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu bayram bilan tabriklashdi. Tadbir davomida Milliy gvardiya ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi kursantlari va muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan institut talabalari ishtirokida ko‘rgazmali chiqishlar namoyish etildi.

Leave a Comment