logo

Oshirilgan to'lov-kontrakti

Oshirilgan to’lov-kontrakt bo’yicha belgilangan kvotadan tashqari o’qishga ariza topshirish tartibi:

Ariza berish uchun:

1. Rektor nomiga yozilgan ariza shaklini yuklab oling;

2. Arizani namunaga muvofiq qo’lda to’ldiring visit. Aloqa uchun telefon raqam va e-mail aniq ko`rsatilishi lozim;

3. To’ldirilgan arizani skanerlang, uni PDF formatida saqlang;

4. PDF formatdagi arizani va DTM ruxsatnomasini (PDF formatda) tdsi_kontrakt@mail.ru manziliga yuboring;

5. Taqdim etilgan ariza ko’rib chiqiladi va javob 3 ish kuni davomida arizachining elektron pochtasiga yuboriladi.

TDSI qabul komissiyasi sizga elektron pochtangizni muntazam tekshirib turishni va institut saytiga (tsdi.uz) kirishni tavsiya etadi.

Eslatma: Oliy ta’lim muassasalari qo’shimcha qabulni Davlat komissiyasi qarori bilan belgilangan ko’rsatkichlarga muvofiq to’plagan ballari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam bo’lmagan va asosiy qabul chegaralariga 4 ballgacha yetmagan abituriyentlar orasidan ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshiradilar (O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyun 393-sonli qarori).

Oshirilgan to’lov-kontrakt miqdori amalda o’rnatilgan to’lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

to’plagan ballari tasdiqlangan to’lov-kontrakt bo’yicha qabul kvotalari chegarasiga bir ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;

1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;

2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;

3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ushbu miqdorlar bo’yicha to’lov-kontrakt shartlari birinchi o’quv yili uchun to’liq bajarilgandan so’ng abituriyent oliy ta’lim muassasasi rektorining buyrug’i bilan o’qishga qabul qilinadi.

Qo’shimchĐ° ma’lumotlar uchun telefon raqamlar:

(99) 366 23 55

(99) 866 23 55

(99) 855 23 55

(99) 300 23 55

(99) 977 23 55

logo

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Toshkent davlat stomatologiya instituti saytiga havola ko'rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, web sayt ma'murini xabardor qilish uchun biz bilan bog'lanishingizni so'raymiz

a