2020 yil 23 dekabrda Istinye universiteti va Toshkent davlat stomatologiya instituti o’rtasida memorandum imzolandi. Memorandum doirasida kelajakda nazariy va amaliy tibbiyotning zamonaviy yutuqlari to’g’risida ma’lumot almashish rejalashtirilgan; xususan mutaxassislar almashinuvi, doktorantlar, aspirantlar, professor-o’qituvchilar, qo’shma ilmiy tadqiqotlar, ilmiy konferensiyalar, seminarlar va simpoziumlarni tashkil etish rejalashtirilgan. Istinye universiteti 2015 yilda Anadolu jamg’armasi tomonidan 3 ta yirik klinikalarni: Liv Vaqf klinikasi, Yuzyil va Devam tibbiyot bog’larini birlashtirgan MLP Care guruhining 25 yillik tajribasining davomi sifatida tashkil etilgan. Istinye universiteti o’z talabalariga Istanbul va Turkiyaning eng qudratli ixtisoslashtirilgan shifoxonalaridan biri sifatida tanilgan eng katta shifoxonada tibbiyot fanidan dars beradi. Hozirgi kunda Istinye Universitetining asosiy bazasi Istanbulning Topkapi tumanida joylashgan. Uning binosi 4000 nafar o’quvchiga mo’ljallangan. Universitetda 47 ta laboratoriya mavjud. Universitet shuningdek Yevropaning ko’plab mamlakatlarida, jumladan Germaniya va Italiyada xalqaro talabalar almashinuvi dasturini taklif etadi, shuningdek AQSh va dunyoning ko’plab universitetlari bilan mustahkam aloqalarga ega.

Leave a Comment