Institute News

A” fair of vacancies and microlevels " was organized.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 6 martdagi PF–18-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahar hokimligining 2025 yil 7 martda tasdiqlangan reja-grafikiga asosan “Bo‘sh ish o‘rinlari va mikroloyihalar yarmarkasi” tashkil etildi.

📍 Joriy yilning 4 aprel kuni Toshkent davlat stomatologiya instituti o‘tkazilgan tadbirda Yashnobod tumanda faoliyat yuritayotgan 35 ta yirik ish beruvchi 750 dan ortiq vakansiya bilan ishtirok etdi. Shuningdek, 6 nafar hunarmand, 9 ta tijorat banki va 2 ta nodavlat ta’lim markazi ham jalb etildi.

👥 Yarmarkada 250 nafardan ziyod ishsiz fuqarolar va ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar, shu jumladan talabalar qatnashdilar.

Natijalar quyidagicha:

12 nafar fuqaro doimiy ishga qabul qilindi;

45 nafar fuqaro ishga joylashish uchun yo‘naltirildi;

18 nafar fuqaro kasb-hunar o‘rganishi uchun o‘quv kurslariga qabul qilindi;

6 nafar fuqaroga imtiyozli kreditlar ajratildi;

14 nafar fuqaro kredit olish uchun ariza topshirdi;

“Sayxunobod” tajribasi asosida 14 ta mikroloyiha amalga tatbiq etildi;

Probayatsiya nazoratidagi 6 nafar shaxsdan 3 nafari ishga joylashtirildi, 3 nafari o‘quv kurslariga yo‘naltirildi.

📈 Tadbirda ishsizlikni kamaytirish, aholini barqaror daromad manbalari bilan ta’minlash hamda Toshkent shahrida tadbirkorlikni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etdi.

 

 

 

 

 


2025-04-09 09:28:17 print