Images
logo

Institut Yangiliklari

Ingliz tili so‘zlashish kuni tadbiri uyushtirildi:

Joriy yilning 25 dekabr kuni Stomatologiya fakultetining 102 b guruhi talabalari kafedramiz ingliz tili o‘qituvchisi S.A.Ganiyeva boshchiliga fakultet talabalarini ingliz tili faniga qiziqishini oshirish maqsadida ingliz tilida so‘zlashish kuni (“English Speaking Day”) tadbirini o‘tkazishdi. Bunda institutning barcha talabalarini ingliz tilida so‘shlashishga ruhlantirishga muvaffaq bo‘ldilar. Turli xil rasmlar, aforizmlar va qolaversa Yangi Yilning kirib kelishi kayfiyatini aks ettiruvchi musiqaviy fon, talabalar kostyumlari bilan dekoratsiya qilindi. Ushbu tadbirda institutimizning talabalariga ingliz tilida topishmoqlar berildi. Tog’ri javob topganlarga sovg’alar ulashildi. Talabalarga Yangi yilda tilklar tarqatildi, shirinliklar va bayramona kayfiyat nafaqat talabalarni barcha ushbu tadbirda guvoh bo‘lganlar uchun ham bilim, ham hursandchilik bilan ulashildi. Xulosa qilib aytish mumkinki, bu kabi tadbirlar talaba-yoshlarning xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqishlarini oshirishi, mamlakatizda yoshlarga alohida e’tibor so‘nmaganligidan dalolat beradi.

28.10.2021 234 yuklab olish chop etish

logo

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Toshkent davlat stomatologiya instituti saytiga havola ko'rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, web sayt ma'murini xabardor qilish uchun biz bilan bog'lanishingizni so'raymiz