Images
logo

Institut Yangiliklari

“Nogironlik – zamonamizning ijtimoiy muammosi sifatida” mavzusida vebinar o‘tkazildi.

2021 yil 22 noyabrda Toshkent davlat stomatologiya instituti, Jamoat salomatligi, sog‘liqni saqlashni boshqarish va jismoniy madaniyat kafedrasi xamda Tyumen davlat tibbiyot universiteti, Jamoat salomatligi, sog‘liqni saqlash kafedrasi bilan hamkorlikda “Nogironlik – zamonamizning ijtimoiy muammosi sifatida” mavzusida vebinar o‘tkazildi. Vebinarni kafedra professori Rustamova Xamida Yelemesovna ochib berdilar va so‘zni Tyumen davlat tibbiyot universiteti dotsenti Kurmangulov Albert Axmetovichga berdilar. Albert Axmetovich ma’ruzani noan’anaviy tarzda, ya’ni talabalar bilan muzokara tarzida olib bordilar. Muzokaralar davomida talabalar Rossiya Federatsiyasi xamda O‘zbekiston Respublikasida nogironlik bo‘yicha statistika, o‘tkazilayotgan chora-tadbirlar haqida chuqur bilimga ega bo‘ldilar. O‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.


28.10.2021 234 yuklab olish chop etish

logo

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Toshkent davlat stomatologiya instituti saytiga havola ko'rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, web sayt ma'murini xabardor qilish uchun biz bilan bog'lanishingizni so'raymiz