Images
logo

Institut Yangiliklari

Toshkent davlat Stomatologiya institutida “14-yanvar-vatan himoyachilari kuni” munosabatli bilan “Vatanim ravnaqi yo‘lida mening hissam” mavzusida onlayn suxbat tashkil etildi

2022-yilning 13-yanvar kuni Toshkent davlat stomatologiya institutida qishki ta’til davrida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida institut profilaktika inspektori Jo`rayev Otajon tomonidan institut talabalari bilan onlayn suxbat tashkil etildi. Onlayn muloqot davomida talabalar malakatimizda istiqlol yillarida amalga oshirilayotgan ijtimoiy islohotlar, demokratik o’zgarishlar bilan yaqindan tanishtirildi, ularda bu jarayonlarga nisbatan dahldorlik hamda shukronalik tuyg’usini shakllantirish, yoshlarni “ommaviy madaniyat” ta'sirlaridan asrash, milliy qadriyatlarimizga sadoqat ruhida tarbiyalash to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Ona yurtimiz har doim o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o’z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlarga nisbatan iftixorini bildiradi. Institut jamoasi nomidan barcha Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog’liq-salomatlik tilab qolamiz. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to’liq bo’lsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo’lishi uchun har doimgidek o’z kuch-g’ayratingizni ayamang! Barchani Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz! Bayramingiz muborak! Bu kabi uchrashuvlar qishki ta’til rejasiga muofiq o‘tkazilmoqda.

28.10.2021 234 yuklab olish chop etish

logo

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Toshkent davlat stomatologiya instituti saytiga havola ko'rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, web sayt ma'murini xabardor qilish uchun biz bilan bog'lanishingizni so'raymiz