Images
logo

Institut Yangiliklari

Toshkent davlat Stomatologiya instituti assistenti xalqaro dastur ishtirokchisi bo’ldi

Toshkent davlat stomatologiya instituti 1-son terapevtik yo'nalishdagi fanlar kafedrasi assistenti Doniyor Karimov Global muammolar tadqiqot fondining (Global Challenges Research Fund) yosh olimlar tadqiqotlarini qo'llab-quvvatlash dasturi ishtirokchisi bo'ldi. Ushbu Dasturning maqsadi: -sil kasalligi va jamoat sog'liqni saqlash bo'yicha ilmiy tadqiqot bajarishda tadqiqotchilarga metodik yordam ko'rsatish; -mahalliy tadqiqotchilarga ftiziatriya va jamoat sog'liqni saqlash bo'yicha dunyodagi tajribali mutaxassislar bilan aloqa o'rnatishga ko'maklashishdan iborat. Ushbu dasturning mohiyati Sharqiy Yevropa va O'rta Osiya mamlakatlari tadqiqotchilari orasida jamoat sog'liqni saqlash va ftiziatriya sohalari bo'yicha ilmiy tadqiqotlar o'tkazish savodxonligini oshirish va tadqiqot natijalarini amalda tadbiq qilishga yordam berishdir. http://project4380519.tilda.ws/page21429163.html

28.10.2021 234 yuklab olish chop etish

logo

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Toshkent davlat stomatologiya instituti saytiga havola ko'rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, web sayt ma'murini xabardor qilish uchun biz bilan bog'lanishingizni so'raymiz