Images
logo

Tdsi ilmiy faoliyatining asosiy vazifalari

Oliy taʼlim muassasasida Kadrlar potentsialini aniqlash asosida xodimlarning ilmiy ishlarining maʼlumotlar bankini toʼplash va shakllantirish.

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash boʼlimining asosiy vazifasi institutda olib boriladigan ilmiy- tekshirish ishlari, tanlovli dasturlar, grantlar va boshqalarni rejalashtirish, ularni bajarilishida uslubiy rahbarlikni amalga oshirish, hamda ilmiy izlanishlar natijasida yaratilgan intellektual mulkni oʼz vaqtida muxofaza qilishni taʼminlashdir.

Belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagog kadrlarni tayyorlash boʼlimiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:

– institutda olib borilayotgan ilmiy-tekshirish ishlarini reja va hisobotini olib borish;

– ilmiy-tekshirish va dissertatsiya mavzulari va ishlarini Uzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʼmitasida tasdiqlash;

– ilmiy-tekshirish ishlari boʼyicha oralik va yakuniy xisobotlar tuzishda uslubiy yordam berish;

– chop etish boʼyicha ekspert hayʼati ishida ishtirok etish;

– institutda tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabulni tashkil etish;

– Oʼzbekistan Respublikasi Sogʼliqni saqlash tizimining ustuvor yoʼnalishlari va farmatsevtika fan sohasi ehtiyojlaridan kelib chiqkan holda hamda Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida ilmiy-texnika loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etayotgan institut fan doktorlari tomonidan tavsiya etiladigan doktorlik dissertatsiyalari mavzularini shakllantirishni tashkil etish;

– tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka kiruvchi talabgorlarning ilmiy-tadqikot va ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishiga layoqatini aniqlash boʼyicha test sinovlarida ishtirokini tashkil etish;

– tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchilar uchun chet tili hamda mutaxassislik fanlaridan kirish va malakaviy imtixonlarda ishtirokini tashkil etish;

– tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil izlanuvchililar faoliyati samaradorligini monitoringini oʼtkazish;

– institut miqyosida ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va davra suxbatlarini tashkil etish;

– xalqaro va respublika miqyosidagi simpoziumlar, konferentsiyalar, koʼrgazmalar, yarmarkalar va tanlovlarda ishtirok etishni tashkil etish;

– kadrlar sifatini oshirishga taalluqli dolzarb masalalarni Ilmiy kengashda muhokamaga qoʼyish uchun kiritish, bu borada oliy taʼlim muassasasining tegishli boʼlimlari bilan hamkorlik qilish;

– ilmiy-tadqiqot natijalarini tibbiyot sohalariga ishlab chiqarish amaliyotiga hamda oʼquv jarayoniga tatbiq etish.

logo

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Toshkent davlat stomatologiya instituti saytiga havola ko'rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, web sayt ma'murini xabardor qilish uchun biz bilan bog'lanishingizni so'raymiz