Images
logo

Abiturientlar uchun eslatma

O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirining 2021 yil 19 avgustdagi 207-sonli buyrug’iga asosan 2021/2022 o’quv yili uchun Toshkent davlat stomatologiya institutining klinik ordinaturasi (rezidenturasi)ga qabul muddati 2021 yilning 10 sentyabr oyigacha(shu kuni ham) uzaytirildi.

2021/2022 o’quv yiliga ro’yhatdan o’tish onlayn tarzda amalga oshiriladi:

Barcha hujjatlarni yagona ZIP papkaga jamlanib, ordinatura.qabul2021@mail.ru elektron manziliga yuborilishi lozim.

Hujjatlarni qabul qilish 2021 yilning 10 sentyabr sanasigacha Toshkent vaqti bilan 18:00 ga qadar davom etadi.

Hujjatlarni to`g`ri topshirilgan taqdirda Sizning elektron pochtangizga “Tasdiqlash xati” yuboriladi.

“Tasdiqlash xati”da Sizga shaxsiy raqam (ID) yuboriladi. Hamda, kirish imtixonlari sanasi, vaqti va o`tkazilish joyi ko`rsatiladi.

Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul qilish ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Birinchi bosqich – mutaxassislikga mos fanlar bo’yicha test sinovlari;
Ikkinchi bosqich – Davlat test markazi tomonidan chet tili bo’yicha test sinovlari o’tkaziladi.

Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul test sinovlarini o’tkazish sanasi institut rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.

Qo`shimcha ma`lumot uchuninstitutrasmiy web saytidan  www.tsdi.uz “Klinik ordinatura” (Qabul 2021) sahifasidan va qabul komissiya CALL – markazidan olishingiz mumkin.

logo

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Toshkent davlat stomatologiya instituti saytiga havola ko'rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, web sayt ma'murini xabardor qilish uchun biz bilan bog'lanishingizni so'raymiz