Images
logo

TDSIda ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash

 

Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limining asosiy maqsadi jamiyatni yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojini qondirishdir. Ilmiy, ilmiy – pedagogik kadrlarni tayyorlash – falsafa doktorlari (falsafa doktori, PhD) va fan doktorlari (fan doktori, DSc) doktorantura, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchi tanlovi orqali amalga oshiriladi.
  Doktorantlar, tayanch doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarni tayyorlashning huquqiy asosi – O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 fevraldagi “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida” gi PP-4958-sonli Farmoni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 30-may raqamli 22-sonli “Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi qaroriga asoslanadi.

  Tayanch doktorantura – O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining mablag’lari hisobidan moliyalashtirilgan mutaxassislikni chuqur o’rganish va fanlar bo’yicha doktorlik dissertatsiyasini ishlab chiqarishdan uzilgan xolda tayyorlash va himoya qilish maqsadida ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga da’vogarlar uchun tashkil etilgan, yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayorlovchi ta’lim shakli.;
  Doktorantura – bu ixtisoslikni chuqur o’rganishda fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga da’vogarlar uchun tashkil etilgan, yuqori malakaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar mutaxassisliklari bo’yicha doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida ishlab chiqarishdan ajralgan holda O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari xisobidan moliyalashtiriladigan oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim shakli.;

  Musataqil izlanuvchi – bu falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini olishga da’vogarlar uchun ixtisoslikni chuqur o’rganish va ular tomonidan doktorlik dissertatsiyasini tayyorlab himoya qilish uchun ilmiy izlanishlar olib boorish uchun tashkil etilgan yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar mutaxassisliklari bo’yicha ishlab chiqarishdan uzilmasdan keyingi ta’lim shakli.;

  Hozirgi kunda institutda 23 ta mutaxassislik bo’yicha falsafa doktorlari (falsafa doktori, PhD) va fan doktorlarini (fan doktori, DSc) tayyorlash imkoniyati mavjud:

02.00.03 – Organik kimyo
03.00.01 – Biokimyo
03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya
03.00.11 – Gistologiya. sitologiya va hujayra biologiyasi
14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya
14.00.04 – Otorinolaringologiya
14.00.05 – Ichki kasalliklar
14.00.08 – Oftalmologiya
14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya
14.00.13 – Asab kasalliklari
14.00.14 – Onkologiya
14.00.18 – Psixiatriya va narkologiya
14.00.21 – Stomatologiya
14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot
14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya
14.00.02 – Morfologiya
14.00.10 – Yuqumli kasalliklar
14.00.33 – Jamiyat salomatligi. Sogliqni saqlashda menejment
14.00.19 – Klinik radiologiya
14.00.07 – Gigiyena
14.00.23 – Hamshiralik ishini tashkil etish
14.00.25 – Klinik-laborator va funksional diagnostika

logo

Barcha huquqlar himoyalangan. Saytdagi barcha huquqlar O'zbekiston Respublikasi qonunlariga, shu jumladan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga muvofiq himoya qilinadi. Sayt materiallaridan foydalanganda, Toshkent davlat stomatologiya instituti saytiga havola ko'rsatilishi shart. Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, web sayt ma'murini xabardor qilish uchun biz bilan bog'lanishingizni so'raymiz