1. Pandemiya sharoitida Respublika aholisining to‘lov qobiliyati pasayganligini hisobga olib, to‘lov-kontrakti asosida ta’lim olayotgan talabalarga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvatlash maqsadida 2020/2021 o‘quv yilida (bakalavriat, magistratura, ordinatura va xorijiy talabalar) talabalariga istisno tariqasida to‘lov-kontrakt mablag‘larini teng ulushlarda bo‘lib, kamida to‘rt qismga bo‘lib to‘lash imkoniyati berilsin;2. To‘lov-kontrakt asosida talaballikka tavsiya etilgan abiturentlar uchun kamida 25 foizini 15 oktyabrgacha va ikkinchi qismini 25 foizini to‘liq 1 noyabrga qadar, 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha (qismlarga bo‘lib) ruxsat berilsin. Shuningdek, ikkinchi va undan keyingi bosqich talablar to‘lovlarni amalga oshirishda 2020/2021 o‘quv yilining quydagi muddatlarida kamida 25 foizini 1 noyabrgacha 50 foizini 1 yanvargacha 75 foizi 1 aprelgacha va 100 foizi 1 iyulgacha (qismlarga bo‘lib) ruxsat berilsin;3. Qo‘shma ta’lim dasturi asosida (bakalavriat, magistratura va ordinatura) talaballikka tavsiya etilgan abiturentlar hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talablari to‘lovlarni amalga oshirishda 2020/2021 o‘quv yilining quydagi muddatlarida kamida 50 foizini 1 noyabrgacha, 100 foizi 1 aprelgacha ruxsat berilsin.

Leave a Comment