2021 yil 15-yanvarda 10:00 ZOOM platformasi orqali Xalqaro ta’lim fakulteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi tomonidan “The application of innovative technologies, interactive methods and linguistics in teaching foreign languages in non-philological universities” mavzusida xalqaro masofaviy ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.
Qozog‘istonning S.D.Asfandiyarov nomli milliy tibbiyot universiteti bilan tuzilgan hamkorlik memorandumi asosida o‘tkazilgan anjuman o‘qituvchilarning pedagogik mahoratlarini oshirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, chet tillarni o‘rgatish borasida tajriba almashish hamda ta’limga yangi pedagogik texnologiyalarni joriy etish kabi maqsadlarni o‘zida mujassam etgan. Anjumanda Xalqaro ta’lim fakulteti dekani S.S.Murtazaev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Qozog‘istonning S.D.Asfandiyarov nomli milliy tibbiyot universiteti, Qozog‘iston bosh arxitektura qurilish akademiyasi professor-o‘qituvchilari, Xitoyning Shanxay normal universiteti tadqiqotchisi hamda respublikamizning nufuzli oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi. Anjuman davomida o‘qilgan ma’ruzalar bo‘yicha savol javoblar o‘tkazildi.

Leave a Comment