Fan va texnologiyalar bo‘yicha Davlat komissiyasining 2017 yil 31 iyuldagi 1-son majlisi bayonida keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etilgan ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarining talab–ehtiyojlari asosida shakllantirilgan dolzarb muammolarni yechishga qaratilgan bajarilishi 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan maqsadli amaliy tadqiqotlar va 2018-2019 yillarga mo‘ljallangan innovatsiya ilmiy-texnikaviy loyihalar qabuli e’lon qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, hududlarga amalga oshirilgan tashriflari chog‘ida bildirgan fikr-mulohazalari, ko‘rsatma va topshiriqlari, Hukumat qarorlari, majlislari bayonlari topshiriqlaridan kelib chiqadigan, shuningdek mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning dolzarb masalalari bo‘yicha qo‘shimcha muammolarni shakllantirish va qabul qilish amalga oshiriladi.
Loyihalarning ilmiy rahbarlari ilmiy darajaga ega bo‘lgan olimlar, professor-o‘qituvchilar va mutaxassislardan iborat bo‘lishi shart.
Loyihalar fan-portal.uz veb-sayti orqali elektron ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart. Elektron ro‘yxatdan o‘tmagan loyihalar qabul qilinmaydi.
Elektron ro‘yxatdan o‘tgan loyihalar 2017 yil 15 avgustidan 1 oktyabriga qadar yakshanba kunidan tashqari har kuni soat 14:00 dan 18:00 gacha O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligida qabul qilinadi.
Batafsil: http://uzscience.uz/uz/news_66.html